Madridning «Real» klubi himoyachisi Eduardo Kamavinga jahon chempionatida ishtirok etadigan milliy terma jamoa tarkibiga kiritilmadi. Shunday bo‘lsa-da, u baribir Amerika Qo‘shma Shtatlariga yo‘l olishga qaror qildi — ammo o‘z maxsus missiyasi bilan.
Kamavinga nufuzli Garvard universitetida ta’lim olishni maqsad qildi va OAV hamda sportda biznes-menejment mavzusidagi to‘rt kunlik kursda tahsil oldi. Ushbu kurs unga 13 ming yevroga tushdi.
Kamavinga bu yangilikni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirdi. Bundan hammadan ko‘ra ko‘proq jamoadoshi Vinisius Junior xursand bo‘ldi va unga virtual qarsaklar bilan dalda berdi.













