Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem jahon chempionati ishtirokchilari to‘qnash keladigan ob-havo sharoitlari haqida gapirdi. Shanba kuni inglizlar AQSHdagi «Reymond Jeyms» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida Yangi Zelandiyalik raqiblarini minimal hisobda (1:0) mag‘lub etishdi. «Uch sherlar» bosh murabbiyi Tomas Tuxel tanaffus paytida tarkibda 11 ta o‘zgartirishni amalga oshirdi.
«Ba’zan biz o‘yin shiddatini nazorat qilishimizga to‘g‘ri keladi, — deydi Bellingem. — Biz yuqori pressing va tezkor sur’at bilan bor kuchimizni berib o‘ynashni xohlaymiz, ammo bunday jazirama issiqda va bunday maydonlarda buni amalga oshirish oson emas. Bugun biz kerak bo‘lgan hamma narsani bajardik», — deya Madridning «Real» klubi xavbekining so‘zlarini keltiradi ITV.
10 iyun kuni inglizlar jahon chempionati boshlanishidan oldingi so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishadi — unda Kosta-Rika terma jamoasi raqiblik qiladi.













