Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni JCH-2026 starti oldidan yarim himoyachi Niko Pasning sog‘lig‘i haqida gapirdi. Futbolchi may oyida tizzasidan jarohat olgan edi.
"Pas allaqachon jamoa ixtiyorida. Uning uchun xavotir olmasangiz ham bo‘ladi. Niko bilan hammasi joyida", — deya bosh murabbiyning so‘zlarini keltiradi "albiseleste" matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli xavbek klub miqyosida Italiyaning "Komo" jamoasi sharafini himoya qiladi.
Argentina terma jamoasi mundialning guruh bosqichida Avstriya, Jazoir va Iordaniya milliy terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Argentina turnirning amaldagi g‘olibi hisoblanadi.













