Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Sen ajoyibsan»: «Real» hujumchisi Rafinyaga murojaat qildi

«Sen ajoyibsan»: «Real» hujumchisi Rafinyaga murojaat qildi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik Braziliya terma jamoasi safidagi g‘alaba golidan so‘ng Rafinya Diasga minnatdorchilik bildirdi.

«Qaymoqranglilar»ning yosh futbolchisi Misr terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvining ikkinchi bo‘limi boshida gol urdi. Bu vaziyatda «Barselona» vingeri assistentlik vazifasini bajardi — u qanotdan yorib kirib, uzatma amalga oshirdi.

«Sen ajoyibsan, birodarim, assist uchun rahmat», — deya Endrik Rafinyaning ijtimoiy tarmoqlardagi postiga izoh qoldirdi.

19 yoshli hujumchi uchun ushbu gol Braziliya terma jamoasi safida oxirgi ikki yil ichidagi birinchisi bo‘ldi. Uchrashuv Karlo Anchelotti shogirdlarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Braziliyaliklar Jahon chempionatidagi ilk o‘yinini 14 iyun kuni Marokashga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 11:10, 07.06.2026.
O'qildi: 1045 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик