Londonning «Arsenal» klubi «Nottingem Forest»ning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt uchun kurashga kirishishi mumkin.
Sun Sport nashrining xabar berishicha, «kanonirlar» «o‘rmonchilar»ning 26 yoshli futbolchisini o‘zlarining short-listiga kiritishgan. U «Aston Villa» a’zosi Morgan Rojers transferi bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan taqdirda, muqobil variant sifatida ko‘rilmoqda.
«Arsenal» rahbariyati tarkibida «Nottingem Forest» yulduzi iste’dodining katta muxlislari bor. Eslatib o‘tamiz, Transfermarkt portali ushbu futbolchining bozor qiymatini 70 million yevroga baholagan.
O‘tgan yilning yozida Gibbs-Uayt o‘z klubi bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirgan edi. Yakunlangan mavsumda o‘yinchi 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













