Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Misrga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘ng qanot himoyachisi Ueslining olgan jarohati borasida fikr bildirdi. «Roma»ning 22 yoshli futbolchisi bahsning 17-daqiqasidayoq maydonni majburiy tarzda tark etishga majbur bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, jarohat jiddiy bo‘lishi mumkin.
«Ueslini yo‘qotish juda achinarli. Endi tibbiy tekshiruv natijalarini kutishimiz kerak. Tarkibimizda uning o‘rnini bosa oladigan futbolchilar bor», — deya jurnalist Fabrisio Romano Anchelottining so‘zlarini keltirmoqda.
Braziliya va Misr o‘rtasidagi uchrashuv «selesao»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. «Pentakampeonlar» safida gollarga Bruno Gimaraes va Endrik mualliflik qilishdi. 14 iyun kuni braziliyaliklar Jahon chempionatidagi ishtiroklarini Marokashga qarshi o‘yin bilan boshlashadi.













