Kirish Ro'yxatdan o'tish

Neymar JCH-2026 haqidagi postga ikki og‘iz so‘z bilan izoh qoldirdi

Neymar JCH-2026 haqidagi postga ikki og‘iz so‘z bilan izoh qoldirdi

Baho:
+ | -

FIFAning Jahon chempionatiga bag‘ishlangan rasmiy sahifasida Neymar haqida post joylashtirildi. Ushbu publikasiyadan Neymarning turli mundiallarda tushgan to‘rtta surati o‘rin olgan. Suratlar ostiga esa «Biz uning qanday ulg‘ayganini kuzatdik», deya matn yozib qoldirilgan.

Izohlarda Neymarning o‘zi ko‘rinish berdi. 34 yoshli braziliyalik futbolchi bor-yo‘g‘i ikki og‘iz so‘z yozdi.

«So‘nggi raqs (The Last dance)», — deya xabar qoldirgan Neymar.

Bundan ko‘rinib turibdiki, bo‘lajak Jahon chempionati Neymar uchun faoliyatidagi oxirgisi bo‘ladi.

Bundan avvalroq Karlo Anchelotti Neymarning jismoniy holati haqida fikr bildirgan edi. Hujumchi kelasi haftadan jamoa bilan mashg‘ulotlarga qaytish imkoniyatiga ega. Braziliya terma jamoasi JCH-2026dagi ilk o‘yinini 14 iyun kuni Marokashga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 11:50, 07.06.2026.
O'qildi: 556 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик