Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Delap «Chelsi»dan Londonning boshqa bir klubiga o‘tishi mumkin

Delap «Chelsi»dan Londonning boshqa bir klubiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning 23 yoshli hujumchisi Liam Delap yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. talkSPORT nashrining xabar berishicha, «Fulxem» shu yozda hujumchini sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Biroq, ko‘p narsa Marku Silva ketganidan keyin «dala hovli egalari»ning yangi bosh murabbiyi kim bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi.

O‘tgan yili «Chelsi» Delapni «Ipsvich»dan 35 million yevro evaziga sotib olgan edi. O‘shandan beri u barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo bor-yo‘g‘i ikkita gol urdi. Shuningdek, hujumchi hisobida to‘rtta golli uzatma ham mavjud.

Delapning «Chelsi» bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchini 28 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 12:30, 07.06.2026.
O'qildi: 759 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик