Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» va «Tottenxem» Xenderson uchun kurashadi

«Chelsi» va «Tottenxem» Xenderson uchun kurashadi

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» darvozaboni Din Xenderson faoliyatini «Chelsi»da davom ettirishi mumkin. Jurnalist Aleks Goldbergning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «ko‘klar» yozgi transfer oynasi oldidan golkiperning transfer uchun ochiqligi borasida bir necha bor so‘rov yuborishgan.

Hozircha «Chelsi» Xenderson bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q, biroq ushbu darvozabonning transferiga «Tottenxem» ham qiziqish bildirayotganini ta’kidlab o‘tish joiz.

Din Xenderson 2023 yilda «Manchester Yunayted»dan «Kristal Pelas»ga 17 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning «burgutlar» bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda golkiper barcha musobaqalarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 62 ta gol o‘tkazib yubordi, 18 ta uchrashuvda esa darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Transfermarkt portali Xendersonning transfer qiymatini 28 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:34, 07.06.2026.
O'qildi: 358 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик