«Arsenal» hujumchisi Leandro Trossar faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Insayder Ekrem Konurning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, madridning «Atletiko» klubi forvardni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.
Biroq, belgiyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun «matraschilar» «Inter», «Nyukasl» va «Aston Villa» tomonidan bo‘ladigan raqobatga bardosh berishlariga to‘g‘ri keladi.
Leandro Trossard 2023 yilda «Brayton»dan «Arsenal»ga 24 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda forvard «kanonirlar» safida barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Trossarning transfer qiymatini 18 million yevroga baholamoqda.













