Kirish Ro'yxatdan o'tish

Loftus-CHik Edersonning «Manchester Yunayted»ga transferi haqida fikr bildirdi

Loftus-CHik Edersonning «Manchester Yunayted»ga transferi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Milan» yarim himoyachisi Ruben Loftus-CHik Edersonning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkinligi borasida o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi. «Atalanta»ning braziliyalik yarim himoyachisi «qizil iblislar» bilan shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgan va u iyul oyida 45 million yevro evaziga jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.

«Menimcha, u bu vazifani a’lo darajada uddalaydi. Bir-birimizga qarshi o‘ynaganimizda, u doim jismonan baquvvat ko‘ringan. U tezkor, kuchli va to‘p bilan yaxshi muomala qiladi. Shu bois, u o‘zini juda yaxshi ko‘rsata oladi deb hisoblayman. Bu yaxshi transfer bo‘ldi», — deya Loftus-CHikning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.

Yakunlangan mavsumda 26 yoshli Ederson klub miqyosida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatma bilan ajralib turdi.

Kiritildi: 12:41, 07.06.2026.
O'qildi: 398 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик