Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» «Ayaks»dan Sebalyos uchun 10 mln yevro talab qilmoqda. Tomonlar optimistik kayfiyatda

«Real» «Ayaks»dan Sebalyos uchun 10 mln yevro talab qilmoqda. Tomonlar optimistik kayfiyatda

Baho:
+ | -

«Ayaks» Dani Sebalyosning transferi bo‘yicha «Real» Madrid bilan muzokaralar olib bormoqda.

As nashrining xabar berishicha, ayni damda tomonlar ijobiy kayfiyatda va yakuniy kelishuvga erishishga umid qilishmoqda. «Real» futbolchi uchun taxminan 10 million yevro so‘rayapti. «Ayaks» madridliklar talab qilayotgan summaga yaqinlashishga tayyor, muzokaralar esa pozitiv ruhda o‘tmoqda.

Amsterdam jamoasining yangi bosh murabbiyi Michel Sebalyosni klubda muhim figuraga aylanishiga ishontira olgan. Yakunlangan mavsumda 29 yoshli yarim himoyachi La Ligada 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va samarali harakatlar bilan ajralib tura olmadi.

Shuningdek, Sebalyosning transferiga «Betis» klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Kiritildi: 12:56, 07.06.2026.
O'qildi: 423 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик