Kirish Ro'yxatdan o'tish

JCH-2026: Muxlislarga stadionga plastik idishdagi suv olib kirishga ruxsat beriladi

JCH-2026: Muxlislarga stadionga plastik idishdagi suv olib kirishga ruxsat beriladi

Baho:
+ | -

Jahon chempionati o‘yinlariga tashrif buyuradigan muxlislarga o‘zlari bilan plastik idishda suv olib kirishga ruxsat beriladi.

Avvalroq, FIFA tribunalardan maydonga buyumlar uloqtirilishi natijasida jarohat olish xavfini kamaytirish maqsadida stadionlarga shisha va idishlar olib kirishni taqiqlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Muxlislarga AQSH va Kanadada bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi Jahon chempionati o‘yinlariga hajmi 20 unsiyagacha (590 ml) bo‘lgan, ishlab chiqaruvchi tomonidan mahkamlangan (ochilmagan) bittadan yumshoq plastik idishda suv olib kirishga ruxsat beriladi.

Jahon chempionati-2026 operasion direktori Xaymo Shirgi tushuntirishicha, xavfsizlik nuqtai nazaridan muxlislarga qattiq va ko‘p martalik suv idishlarini (termos va h.k.) olib kirishga ruxsat berilmaydi.

Biz tarixdagi eng yirik Jahon chempionatida butun dunyoni kutib olishni intiqlik bilan kutmoqdamiz!» — deyiladi FIFA bayonotida.

Kiritildi: 13:28, 07.06.2026.
O'qildi: 231 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик