Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luis Enrike «Barselona B»dagi sobiq shogirdlari bilan uchrashdi (foto)

Luis Enrike «Barselona B»dagi sobiq shogirdlari bilan uchrashdi (foto)

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike ta’til vaqtida o‘z qo‘l ostida «Barselona»ning ikkinchi jamoasida to‘p surgan futbolchilar bilan uchrashdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Mutaxassis 2008 yildan 2011 yilgacha kataloniyaliklar ikkinchi jamoasini boshqargan va ushbu jamoa bilan birgalikda Segundaga (Ispaniya ikkinchi divizioni) yo‘llanma olgan edi.

«Ko‘k-anorranglilar» ikkinchi jamoasining o‘sha paytdagi tarkibidan ko‘plab futbolchilar ushbu uchrashuvda ishtirok etishdi. Ular orasida darvozabon Ruben Minyo, himoyachilar Mark Bartra, Andreu Fontas, Mark Muniyesa, Armando Losano, Karles Planas, Edu Oriol va Abraxam Minero, yarim himoyachilar Oriol Romeu, Iliye Sanches va Xose Rueda, shuningdek, hujumchilar Karlos Karmona, Xonatan Soriano va Benxamin Martines bor edi.

Kiritildi: 13:44, 07.06.2026.
O'qildi: 499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик