Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Artyom Dzyuba Jahon chempionati–2026ning asosiy favoriti kim ekanini aytdi, shuningdek, qaysi terma jamoaga muxlislik qilishini ham ma’lum qildi.
Transfermarkt keltirgan ma’lumotga ko‘ra, Dzyuba mundialning bosh favoriti sifatida Fransiya milliy terma jamoasini ko‘rsatgan.
Sobiq «Akron» futbolchisi shu bilan birga JCH–2026 davomida Portugaliya terma jamoasiga muxlislik qilishini ham ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.













