Kirish Ro'yxatdan o'tish

Savio «Tottenxem» bilan shartnomani kelishib oldi

Savio «Tottenxem» bilan shartnomani kelishib oldi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» qanot hujumchisi Savio Londonning «Tottenxem» klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli braziliyalik futbolchi «Tottenxem» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Unga ko‘ra, bitim 2031 yilga qadar mo‘ljallangan bo‘ladi. Savioni jamoada ko‘rishni «shporlar» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi shaxsan o‘zi juda qattiq xohlayotgani alohida ta’kidlangan.

2025/26 yilgi mavsumda Savio barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Avvalroq «Manchester Siti» braziliyalik vinger uchun taxminan 70 million yevro talab qilishi haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 15:06, 07.06.2026.
O'qildi: 180 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик