«Manchester Siti» rahbariyati hujumchi Erling Xolandning klubni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlardan xavotirlanayotgani yo‘q. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, Angliya grandi «Real» bilan bog‘liq mish-mishlarga qaramay, norvegiyalik hujumchi ketish haqida o‘ylamayapti deb hisoblaydi. Xoland Angliya Premyer-ligasining eng katta klubida to‘p surayotganiga to‘liq ishonadi.
2025/26 yilgi mavsumda Xoland barcha turnirlarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Xolandning «Manchester Siti» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2034 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali norvegiyalik futbolchini 200 million yevroga baholamoqda.













