Yaqindagina «Nyukasl»dan «Barselona»ga ko‘chib o‘tgan hujumchi Entoni Gordon Angliya terma jamoasidagi sherigi Markus Reshford unga Kataloniya klubi haqida so‘zlab berganini ma’lum qildi. Ma’lumot uchun, Reshford 2025/2026 yilgi mavsumda «ko‘k-anorranglilar» safida ijara asosida to‘p surgan edi.
«Reshford u yerdagi yigitlar juda ajoyibligi va jamoaviy ruh yuqoriligi haqida gapirgandi — aslida buni «Barselona»dagi boshqa insonlardan ham eshitgandim. Shu sababli jamoaga qo‘shilib ketish lahzalarini intiqlik bilan kutyapman. Markus menga shahar, yashash uchun qulay joylar haqida ham aytib berdi. U juda yaxshi va g‘amxo‘r yigit. Menga kerakli ma’lumotlarni berib, yordamlashdi», — dedi Gordon talkSPORTga bergan intervyusida.
«Barselona» klubi 2025/2026 yilgi mavsumda Ispaniya chempioniga aylandi va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi.













