«Bolonya» himoyachisi Jon Lukumi faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Diario AS nashrining xabariga ko‘ra, «Barselona» 27 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi kolumbiyalik futbolchining transferi variantini jiddiy ravishda ko‘rib chiqyapti. «Bolonya» esa o‘z himoyachisining sotuvidan 20 milliondan 25 million yevrogacha mablag‘ ishlab olishni ko‘zlagan.
Jon Lukumi 2022 yilda «Genk»dan «Bolonya»ga 8 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Lukumining transfer bahosini 22 million yevroga baholamoqda.













