Himoyachi Matteo Rudjeri shu yozda "Atletiko"ni tark etishi mumkin.
Ekrem Konurning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, "Chelsi" italiyalik futbolchini sotib olish variantiga qiziqish bildirmoqda. London klubi uni "Barselona"ning qiziqishlar doirasida bo‘lgan Mark Kukurelyaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Shu bilan birga, Rudjerining o‘zi Italiyaga qaytish va "Roma"ga o‘tishga qarshi emas, biroq Rim klubining ushbu yozgi transfer oynasi uchun boshqa rejalari bor.
Matteo Rudjeri 2025 yilda "Atalanta"dan "Atletiko"ga 17 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning "matraschilar" bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 47 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













