Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dembele: «Desham muvaffaqiyatga loyiq, biz u bilan g‘alaba qozonishga harakat qilamiz»

Dembele: «Desham muvaffaqiyatga loyiq, biz u bilan g‘alaba qozonishga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usman Dembele JCH-2026 oldidan milliy terma jamoa bosh murabbiyi Didye Desham haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Ma’lumki, mutaxassis ushbu turnirdan so‘ng o‘z lavozimini tark etadi.

«Biz bu murabbiy Desham uchun oxirgi turnir ekanligini bilamiz. U Fransiya terma jamoasi bilan katta muvaffaqiyatlarga erishgan juda yuqori saviyali mutaxassis. Tarkibimizda shunday murabbiy borligidan, albatta, juda xursandmiz. Biz u bilan avval ham Jahon chempionatida o‘ynaganmiz va hozir bor e’tiborimiz shunga qaratilgan.

Uning ketishi ushbu turnirdagi kayfiyatimizga unchalik ta’sir qilmaydi, biz Jahon chempionati finaliga chiqib, uning faoliyatini munosib tarzda yakunlamoqchimiz. U Fransiya terma jamoasining har bir futbolchisiga ishongan murabbiydir. O‘yinlardan keyin bizni tabriklaydi va ruhlantiradi.

U inson va professional sifatida men uchun juda qadrli. Biz u bilan birga muvaffaqiyatga erishishga harakat qilamiz, chunki u bunga loyiq», — deya Dembelening so‘zlarini keltiradi ESPN.

Eslatib o‘tamiz, shu yoz AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi Jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi "I" guruhida ishtirok etadi. Ularning raqiblari Senegal, Iroq va Norvegiya terma jamoalari bo‘ladi.

Kiritildi: 20:51, 07.06.2026.
O'qildi: 294 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик