Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Barselona” Yamal Ispaniyaning JCHdagi ilk o‘yinida maydonga tushishiga ruxsat berdi

“Barselona” Yamal Ispaniyaning JCHdagi ilk o‘yinida maydonga tushishiga ruxsat berdi

Baho:
+1 | -

Kataloniyaning “Barselona” klubi rahbariyati Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamalning 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Kabo-Verdega qarshi o‘yinda (15 iyun) ishtirok etishiga ruxsat berdi. Bu haqda AS nashriga tayanib Championat xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining terma jamoadagi holatini “ko‘k-anorranglilar” fizioterapevti Fernando Galan nazorat qilib bormoqda. “Barselona” rahbariyati Yamalni maydonga sekin-asta qaytarish tarafdori. Shu sababli, hujumchining Kabo-Verdega qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlamaydi. Kataloniya klubi unga uchrashuvning so‘nggi 15 daqiqasida harakat qilishiga ruxsat bergan.

Eslatib o‘tamiz, 18 yoshli futbolchi terma jamoa yig‘iniga son mushagidagi jarohat bilan qo‘shilgan edi. Avvalroq futbolchi ushbu jarohati ortidan “qizil furiya”ning mundialdagi dastlabki ikki o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, 2026-yilgi Jahon chempionati AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Ispaniya terma jamoasi “H” guruhidan joy olgan bo‘lib, Saudiya Arabistoni, Kabo Verde hamda Urugvayga qarshi maydonga tushadi.

Yamal 18 yoshda bo‘lib, u “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hujumchi asosiy jamoada 2023-yilning aprelidan buyon to‘p surib kelmoqda. U klub bilan birgalikda Ispaniya chempioni (2023, 2025, 2026) hamda Ispaniya Superkubogi sohibi (2025, 2026) bo‘lgan, shuningdek, mamlakat Kubogini (2025) qo‘lga kiritgan. Yamal milliy terma jamoa safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U terma jamoasi safida 2024-yilgi Yevropa chempionatida g‘olib bo‘lgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 05:07, 08.06.2026.
O'qildi: 565 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик