Kirish Ro'yxatdan o'tish

Deklan Rays JCH-2026 da Angliya terma jamoasi vise-kapitani bo‘ladi

Deklan Rays JCH-2026 da Angliya terma jamoasi vise-kapitani bo‘ladi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel yarim himoyachi Deklan Rays Jahon chempionati (JCH-2026) final bosqichida jamoaning vise-kapitani bo‘lishini tasdiqladi.

27 yoshli futbolchi «Arsenal»ning boshqa o‘yinchilari bilan birgalikda 6 iyun kuni kechqurun Uest-Palm-Bichdagi (Florida shtati) bazaga yetib keldi.

«Menimcha, Deklan — vise-sardor, deb ayta olaman. Rays o‘z roli haqida biladimi? Yaxshi savol. Men ham aynan shu haqda o‘ylayotgan edim. Bu rasmiymi yoki yo‘qmi. Ammo nazarimda, bu haqda Xarri Keyn yig‘inda biz bilan bo‘lmagan vaqtda gaplashgan edik. O‘shanda o‘yinni Olli Uotkins bilan boshlagandik va Deklan sardor edi. O‘shanda men buni unga aytgandim», — deya germaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi PA axborot agentligi.

Rays terma jamoadagi debyutini 2019 yilning mart oyida o‘tkazgan. U o‘zi ishtirok etgan 72 ta uchrashuvda 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Angliya terma jamoasi JCH-2026 final bosqichining guruh bosqichida Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 05:52, 08.06.2026.
O'qildi: 428 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик