Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Volfsburg», «Tottenxem» va «Manchester Yunayted» Kristian Eriksenni qo‘llab-quvvatladi

«Volfsburg», «Tottenxem» va «Manchester Yunayted» Kristian Eriksenni qo‘llab-quvvatladi

Baho:
+ | -

«Volfsburg» klubi Daniya terma jamoasining Ukrainaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida hushini yo‘qotgan o‘z yarim himoyachisi Kristian Eriksenga dalda berdi.

Germaniya klubining ma’lum qilishicha, 34 yoshli daniyalik futbolchi Odense universiteti shifoxonasiga yetkazilgan va u yerda vaziyat rivoji diqqat bilan kuzatilmoqda. «Senga eng yaxshi tilaklarni tilaymiz va tezroq sog‘ayib ketishingni kutamiz, Kristian», — deyiladi «Volfsburg» klubi xabarida.

«Manchester Yunayted» ham bayonot berib, klub «Daniyadan Kristian Eriksen haqida kelayotgan ijobiy xabarlardan mamnun» ekanini bildirdi.

«Klub yangi xushxabarlarni kutgan holda Kristianga va Eriksenlar oilasiga kuch-quvvat hamda o‘z muhabbatini yo‘llaydi», — deyiladi «Yunayted» bayonotida.

Shuningdek, «Tottenxem» klubi ham futbolchiga o‘z tilaklarini yo‘lladi. «Xayolimiz Kristian Eriksen va uning oilasi bilan. Senga to‘liq va tez fursatda sog‘ayib ketishingni tilaymiz, Kristian. Biz hammamiz sen bilanmiz», — deya qayd etdi London klubi.

Eriksen 2025 yildan buyon «Volfsburg» sharafini himoya qilib kelmoqda. U 2022–2025 yillarda «Manchester Yunayted»da, 2013–2020 yillarda esa «Tottenxem» tarkibida to‘p surgan.

Kiritildi: 05:56, 08.06.2026.
O'qildi: 497 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик