Kirish Ro'yxatdan o'tish

Angliya terma jamoasining Kanzas-Sitidagi bazasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi: 12 kishi jarohatlandi

Angliya terma jamoasining Kanzas-Sitidagi bazasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi: 12 kishi jarohatlandi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining Kanzas-Sitidagi (Missuri shtati, AQSH) sport bazasi va mehmonxonasi yaqinida sodir bo‘lgan otishma natijasida kamida 12 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda «The New York Times» gazetasi.

«Polisiya xodimlari o‘q ovozini eshitgandan so‘ng zudlik bilan voqea joyiga jo‘natildi», — dedi Kanzas-Siti polisiyasi vakili Jey Bekchina.

Otishma oqibatida uch nafar ayol kasalxonaga yotqizilgan, yana to‘qqiz kishi tibbiy yordam so‘rab mustaqil ravishda murojaat qilgan. Hozirgi vaqtda hech kim qo‘lga olinmagan, polisiya voqea sodir bo‘lgan hududda patrullik nazoratini davom ettirmoqda.

Angliya terma jamoasi futbolchilari va xodimlari ayni paytda Palm-Bichda (Florida shtati) bo‘lib turishibdi va u yerda JCH-2026 ga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini o‘tashmoqda. Angliya guruh bosqichida Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 06:00, 08.06.2026.
O'qildi: 615 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик