Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyu nima uchun «Real»ga qaytmoqda? Portugaliyalik mutaxassisning ushalmagan orzusi qolgan

Mourinyu nima uchun «Real»ga qaytmoqda? Portugaliyalik mutaxassisning ushalmagan orzusi qolgan

Baho:
+ | -

Joze Mourinyu Madridning «Real» klubiga qaytishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 63 yoshli mutaxassis «Benfika»ni tark etmoqda — yaqin kunlarda u rasman «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi.

«Diario AS» nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Mourinyuning oldiga qo‘ygan shaxsiy maqsadi bor — u «Real» bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqmoqchi. Portugaliyalik murabbiy uchun bu klubdagi birinchi faoliyati davridan qolgan «yakuniga yetmagan ish» hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, «The Special One» 2010 yildan 2013 yilgacha madridliklarni boshqargan va uning qo‘l ostida jamoa eng nufuzli yevrokubokning yarim finalida uch bor mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etgandi. Ortda qolgan mavsumda «Real» hech bir sovringa ega chiqa olmadi. Madrid klubining Chempionlar ligasidagi hozircha so‘nggi g‘alabasi 2024 yilda Karlo Anchelotti qo‘l ostida qo‘lga kiritilgan edi.

Kiritildi: 09:26, 08.06.2026.
O'qildi: 595 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик