Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal»ga transfer bozorida «PSJ» raqobatchilik qiladi

«Arsenal»ga transfer bozorida «PSJ» raqobatchilik qiladi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi 2026 yilning yozida «Nottingem Forest» yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uaytni o‘z safiga qo‘shib olish borasida «PSJ» tomonidan jiddiy raqobatga duch kelishi mumkin, deb xabar bermoqda «The Sun» nashri.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «kanonirlar» mavsumlararo tanaffus paytida hujum chizig‘ini kuchaytirish yo‘llarini izlashmoqda. Agar «Aston Villa» yarim himoyachisi Morgan Rodjersning transferi amalga oshmay qolsa, klub rahbariyati 26 yoshli ingliz futbolchisi variantiga qaytishi mumkin.

Biroq, 2025/26 yilgi mavsumda Premyer-ligada 15 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan Gibbs-Uaytning o‘sishini «PSJ» klubi ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Morgan Gibbs-Uayt 2022 yilning avgust oyidan buyon «Nottingem Forest» sharafini himoya qilib keladi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda futbolchi barcha turnirlar doirasida 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Transfermarkt» portali o‘yinchining transfer qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 10:02, 08.06.2026.
O'qildi: 722 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик