Kirish Ro'yxatdan o'tish

Iroq terma jamoasida majburiy o‘zgarish: Ispaniya bilan o‘yinda jarohat olgan futbolchi mundialdan quruq qoldi

Iroq terma jamoasida majburiy o‘zgarish: Ispaniya bilan o‘yinda jarohat olgan futbolchi mundialdan quruq qoldi

Baho:
+ | -

Iroq terma jamoasi himoyachisi Ahmad Yahyo belidan jarohat oldi va buning oqibatida Jahon chempionati — 2026 final bosqichini o‘tkazib yuboradi.

«Ash-SHorta» klubining 30 yoshli himoyachisi taxminan to‘rt haftaga safdan chiqdi. U Ispaniya terma jamoasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida (1:1) jarohat orttirib olgan.

Yahyoning o‘rniga Iroq terma jamoasiga «Al-Karma» klubining 24 yoshli himoyachisi Ahmad Maknzi chaqirildi.

Ahmad Yahyo Iroq terma jamoasi safida 2023 yilning iyun oyida debyut qilgan bo‘lib, o‘tkazilgan 19 ta o‘yinda bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Maknzi esa milliy jamoada ilk bor 2024 yilning dekabrida maydonga tushgan va hozirgacha 6 ta o‘yinda qatnashib, samarali harakatlari bilan ajralib turmagan.

Jahon chempionati — 2026 final bosqichi guruh bosqichida Iroq terma jamoasi Fransiya, Senegal va Norvegiya bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 10:06, 08.06.2026.
O'qildi: 490 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик