Huquqlari «Milan» klubiga tegishli bo‘lgan fransiyalik darvozabon Mayk Menyan Angliya Premyer-ligasiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda «Calciomercato» jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Londonning «Chelsi» klubi ushbu posbonni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Ehtimoliy transfer summasi taxminan 30 million yevroni tashkil qilishi mumkin. Menyanning o‘zi ham tumanli Albionga ko‘chib o‘tishga tayyor.
Italiya chempionatining ortda qolgan mavsumida 30 yoshli darvozabon 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Menyan o‘z darvozasidan 35 ta to‘p o‘tkazib yubordi, 15 ta o‘yinda esa darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Mayk va «rossoneri»lar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2031 yilning iyun oyi yakuniga qadar mo‘ljallangan.













