«Brayton» klubi markaziy himoyachisi Yan-Paul van Xekke «Tottenxem» a’zosiga aylanishi mumkin. Avvalroq 26 yoshli niderlandiyalik futbolchi London klubiga o‘tishga rozilik bergani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
«Tottenham Transfer News» nashrining ta’kidlashicha, «shporlar» van Xekkening transferi bo‘yicha «chaykalar»ga taxminan 52 million yevrolik taklif tayyorlamoqda. Bundan tashqari, poytaxt jamoasi bonuslar sifatida yana deyarli 6 million yevro to‘lashni rejalashtirgan.
Agar manbaga ishonadigan bo‘lsak, kelishuv yakuniy bosqichda turibdi. Futbolchining o‘zi Jahon chempionati boshlanishiga qadar barcha masalalarni hal qilib olishni istamoqda.
Ortda qolgan klub mavsumida van Xekke barcha turnirlar doirasida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi.













