Klub miqyosida Amerikaning «Inter Mayami» jamoasida to‘p surayotgan Argentina terma jamoasining 38 yoshli hujumchisi Lionel Messi «San-Antonio Spyors» klubi sobiq basketbolchisi Manu Djinobili haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Manuni basketbol olamining Messisi deb atashlarini eshitish juda yoqimli. Biroq aslida meni futboldagi Manu deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi», — deya yulduzli hujumchining so‘zlarini keltirmoqda ijtimoiy tarmoqlardagi «Polymarket Hoops» akkaunti.
Eslatib o‘tamiz, Messi 2023 yilning yozidan buyon «Inter Mayami» sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2028 yilning dekabr oyi oxirida yakuniga yetadi. «Transfermarkt» portali ekspertlari Lionel Messining bozor qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.













