Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Daniya terma jamoasi ustozi: «Eriksen bilan bog‘liq voqea barchamiz uchun shok bo‘ldi»

Daniya terma jamoasi ustozi: «Eriksen bilan bog‘liq voqea barchamiz uchun shok bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Daniya terma jamoasi bosh murabbiyi Brayan Rimer milliy jamoaning yulduzli yarim himoyachisi Kristian Eriksen bilan sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa haqida fikr bildirdi. Ukrainaga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvi paytida futbolchi hushini yo‘qotgan edi.

«Bu barchamiz uchun kutilmagan zarba (shok) bo‘ldi. Biz Kristianning ahvoli bo‘yicha ma’lumot oldik. Shifokorning aytishicha, Eriksen bilan hammasi joyida. U ushbu og‘ir vaziyatni yengib o‘tdi. Hozirgi vaqtda eng muhimi mana shu», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltirmoqda «TV2» telekanali.

Ushbu ko‘ngilsiz voqea sababli Daniya va Ukraina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bekor qilindi.

Ma’lumot uchun, Kristian Eriksen ortda qolgan mavsumda Germaniyaning «Volfsburg» klubi sharafini himoya qilgan. U Bundesliga doirasida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan edi.

Kiritildi: 11:57, 08.06.2026.
O'qildi: 951 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик