Kirish Ro'yxatdan o'tish

Agentlar «Barselona»dan Alvares transferi bo‘yicha ishlarni vaqtincha to‘xtatib turishni so‘rashdi

Agentlar «Barselona»dan Alvares transferi bo‘yicha ishlarni vaqtincha to‘xtatib turishni so‘rashdi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi, argentinalik Xulian Alvaresning vakillari «Barselona» rahbariyatiga iltimos bilan murojaat qilishdi.

«The Touchline» nashriga ma’lum bo‘lishicha, agentlar Kataloniya klubidan yaqin bir oy ichida, ya’ni Jahon chempionati yakuniga qadar transfer bo‘yicha hech qanday harakat amalga oshirmay turishni so‘rashgan. Alvares yakunda «Atletiko» uni «Barselona»ga qo‘yib yuborishiga ishonmoqda, biroq ayni damda u bor e’tiborini faqatgina Jahon chempionatiga qaratgan va chalg‘ishni istamayapti.

Ortda qolgan mavsumda 26 yoshli Alvares barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 12:48, 08.06.2026.
O'qildi: 513 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик