«Inter» sport direktori Pyero Auzilio Milan klubi yarim himoyachi Genrix Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirish niyatida ekanligini ma’lum qildi. 37 yoshli futbolchining amaldagi kelishuvi 30 iyunga qadar amal qiladi.
«Biz Mxitaryan bilan shartnomani keyingi mavsum yakunigacha uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz. Yakuniy kelishuvga erishish uchun yaqin kunlarda uchrashuv o‘tkazamiz», – dedi Auzilio.
2025/26 yilgi mavsumda Genrix Mxitaryan «Inter» safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













