Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Serxio Aguero «Atletiko» va «Barselona» o‘rtasida tanlov qildi. Forvard faoliyati davomida har ikki klubda ham to‘p surgan.
«Men «Atletiko» va «Barselona»da o‘ynaganman, lekin to‘g‘risini aytsam, «Barselona»ni chin dildan sevib qoldim. Hozir «Atletiko»ga qaraganda ko‘proq «Barselona» muxlisiman.
Ochig‘ini aytganda, yuragimda muammolar boshlanganidan beri futbolni unchalik tomosha qilmayotgan edim. Biroq Lamin Yamal paydo bo‘lganidan keyin menda yana o‘yinlarni kuzatish ishtiyoqi uyg‘ondi. Yamalning o‘yini menga juda yoqadi va aynan u tufayli yana futbol ko‘rishni boshladim. U men yoshligimda qila olmagan ishlarni amalga oshirmoqda», – dedi Aguero.
Eslatib o‘tamiz, Serxio Aguero 2006 yildan 2011 yilgacha «Atletiko»da, 2021 yilda esa «Barselona»da faoliyat yuritgan.













