Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kolo-Muani «Yuventus»ga qaytishga tayyor

Kolo-Muani «Yuventus»ga qaytishga tayyor

Baho:
+ | -

Randal Kolo-Muani shu yozda «Yuventus»ga qaytishga qarshi emas. Turin klubi hujumchining ehtimoliy transferi bo‘yicha «Pari Sen-Jermen» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

«Yuventus» bir vaqning o‘zida Aleksandr Syorlot transferi ustida ham ishlamoqda, biroq fransiyalik forvard variantidan ham voz kechgani yo‘q.

Tuttosport nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «PSJ» futbolchini taxminan 35 million yevroga baholamoqda, turinliklar esa 30 million yevrodan ortiq to‘lashga tayyor emas. Shuningdek, futbolchini keyinchalik sotib olish majburiyati bilan ijaraga olish varianti ham ko‘rib chiqilmoqda.

Kolo-Muanining parijliklar bilan shartnomasi 2028 yilning iyunigacha amal qiladi. Qayd etilishicha, hujumchi Luis Enrikening rejalariga kirmaydi.

Futbolchi 2024/25 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida «Yuventus» safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urishga erishgan edi. Klubning Chempionlar Ligasiga yo‘llanma ololmaganiga qaramay, u Turinga qaytishni istamoqda.

Kiritildi: 20:47, 08.06.2026.
O'qildi: 497 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик