Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

«Manchester Siti» Gvardiolni saqlab qolishiga ishonmoqda

«Manchester Siti» Gvardiolni saqlab qolishiga ishonmoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» klubi jamoa himoyachisi Yoshko Gvardiol bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar borishiga ijobiy baho bermoqda. Xorvatiya terma jamoasi a’zosining amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

«Shaharliklar» Gvardiolni yanada uzoqroq muddatga klubda saqlab qolish umididalar. BBC nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli kechmoqda — «Manchester Siti» rahbariyati Gvardiolning jamoada qolishiga to‘liq ishonch bildirmoqda.

Avvalroq, 24 yoshli Yoshko Gvardiolga «Bavariya» va «Real Madrid» klublari tomonidan qiziqish bo‘layotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Gvardiol «Manchester Siti» safida jami 122 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urishga ulgurdi.

Kiritildi: 20:58, 08.06.2026.
O'qildi: 1079 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик