Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Yunayted» Tonali uchun so‘ralayotgan summani to‘lashga tayyor

«Manchester Yunayted» Tonali uchun so‘ralayotgan summani to‘lashga tayyor

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachi Sandro Tonalining transferi bo‘yicha «Nyukasl»ning moliyaviy talablarini qondirishga tayyor. Bu haqda qator Britaniya va Italiya OAVlariga tayangan holda teamTALK nashri xabar bermoqda.

«Nyukasl» o‘z futbolchisini taxminan 100 million funt sterlingga (116 million yevro) baholamoqda va ushbu talablarga mos keladigan taklif tushsa, uni sotishni ko‘rib chiqishga tayyor. «Qizil iblislar» 25 yoshli italiyalik futbolchini shu yozda yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy maqsadlardan biri sifatida ko‘rishmoqda. Ro‘yxatda Mateush Fernandesh va boshqa nomzodlar ham bor, biroq Tonali ustuvor variant hisoblanadi.

Asosan tayanch zonasida harakat qiladigan futbolchi o‘tgan mavsumda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 7 ta sariq kartochka oldi.

Kiritildi: 07:06, 09.06.2026.
O'qildi: 281 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик