Kirish Ro'yxatdan o'tish

Neymar Jahon chempionatining 2-turida Braziliya terma jamoasi safiga qaytishi kutilmoqda

Neymar Jahon chempionatining 2-turida Braziliya terma jamoasi safiga qaytishi kutilmoqda

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasining yulduzli hujumchisi Neymar boldir mushagidan olgan jarohatidan so‘ng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Bu haqda Globo jurnalistlari xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, terma jamoa murabbiylar shtabi 34 yoshli hujumchi Jahon chempionati—2026 guruh bosqichining 2-turi doirasidagi Gaitiga qarshi bahsda maydonga tusha olishiga umid qilmoqda. Ushbu uchrashuv 19 iyun kuniga rejalashtirilgan.

Mundial AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Braziliya terma jamoasi "C" kvartetida Gaitidan tashqari Shotlandiya va Marokash terma jamoalariga qarshi ham bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi Jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Kiritildi: 11:55, 09.06.2026.
O'qildi: 355 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик