Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» Olise uchun rekord darajadagi yangi taklif tayyorlamoqda

«Real» Olise uchun rekord darajadagi yangi taklif tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi Fransiya terma jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubi hujumkor yarim himoyachisi Maykl Oliseni 150 million yevroga sotib olmoqchi edi. Biroq Germaniya tomoni «qirollik klubi»ning ushbu taklifiga rad javobini berdi.

Sky Sports nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, «qaymoqranglilar» rahbariyati endilikda 200 million yevro miqdorida yangi taklif tayyorlamoqda. Ushbu tovon puli ham «Bavariya»ni qoniqtirmasligi mumkin, chunki myunxenliklar o‘z yulduzini bundan ham qimmatroq baholashmoqda.

24 yoshli fransuz Germaniya jamoasida 2024 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining transfer bahosini 150 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 11:59, 09.06.2026.
O'qildi: 1966 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик