Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ter Shtegen nima sababdan «Ayaks»ga o‘tmasligi ma’lum bo‘ldi

Ter Shtegen nima sababdan «Ayaks»ga o‘tmasligi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Yaqinda OAVda «Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen «Ayaks»ning transfer maqsadiga aylangani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Biroq germaniyalik posbonning Niderlandiya klubiga o‘tishi futbolchining moliyaviy talablari tufayli amalga oshishi amrimahol. Bu haqda «Marca» nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, ter Shtegen yiliga kamida 15 million yevro maosh olmoqchi. «Ayaks» rahbariyati esa klubning bunday talabni qondira olishiga shubha qilmoqda.

34 yoshli darvozabon yakunlangan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida «Jirona» sharafini himoya qilib o‘tkazdi. Germaniyalik posbon o‘tgan mavsumda bor-yo‘g‘i uchta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan ikkita to‘p olib chiqdi. Ter Shtegenning «ko‘k-anorranglilar» bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.

Kiritildi: 12:01, 09.06.2026.
O'qildi: 475 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик