«Xoffenxaym» klubi «Tvente»dan chap qanot himoyachisi Mats Rotsning transferini rasman e’lon qildi. 20 yoshli futbolchi Bundesliga klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Kelishuvning moliyaviy shartlari oshkor qilinmayapti.
Niderlandiya chempionatining yakunlangan mavsumida Rots 34 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Himoyachi «Tvente»ning asosiy jamoasi tarkibida umumiy hisobda 50 ta uchrashuvda qatnashib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, Rots Niderlandiya yoshlar terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.
Bundesliganing o‘tgan mavsumida «Xoffenxaym» 61 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalini beshinchi pog‘onada yakunlagan edi.













