Londonning «Arsenal» klubi yozgi transfer oynasida faol ish olib borishni rejalashtirmoqda. Jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun nomzodlardan biri sifatida «Yuventus» vingeri Kenan Yildizni ko‘rib chiqayotgan edi.
Biroq, The Athletic nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Turin klubi 21 yoshli futbolchi bilan xayrlashish niyatida emasligini aniq ma’lum qilgan. Bundan so‘ng «Arsenal» diqqatini boshqa nomzodlarga qaratgan.
Turkiyalik futbolchi A Seriyaning yakunlangan mavsumida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Chempionlar ligasida esa u 10 ta o‘yinda 4 ta golli vaziyatda bevosita ishtirok etdi. Futbolchining turinliklar bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi, uning transfer bozoridagi bahosi esa 75 million yevroga baholanmoqda.













