Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Atalanta» o‘z himoyachisi uchun «Inter»dan 50 million yevro talab qilmoqda

«Atalanta» o‘z himoyachisi uchun «Inter»dan 50 million yevro talab qilmoqda

Baho:
+ | -

Italiya chempioni «Inter» yangi mavsum arafasida transfer bozoridagi ishlarini davom ettirmoqda. «Sky Sport Italia» nashrining xabar berishicha, Milan klubi himoyachi Marko Palestra borasida «Atalanta» bilan olib borilayotgan muzokaralarni vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi.

«Neradzurrilar» futbolchi uchun 40 million yevro va bonuslar sifatida yana 5 million yevro taklif qildi, biroq Bergamo klubi kafolatlangan to‘lov sifatida naqd 50 million yevro talab qilmoqda. «Inter» rahbariyati o‘zlari taklif qilgan summani adolatli deb hisoblamoqda, shu sababli muzokaralar hozircha boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.

Eslatib o‘tamiz, yakunlangan mavsumda milanliklar 87 ochko jamg‘argan holda A Seriyada birinchi o‘rinni egallashgan edi. «Atalanta» esa 59 ochko bilan turnir jadvalining yettinchi pog‘onasidan joy olgan.

Kiritildi: 18:26, 09.06.2026.
O'qildi: 383 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик