Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong 1-5 Tailand
20/09 15:00 KXDR 0-0 BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya 7-0 Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko 2-1 Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem 1-1 Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus 2-0 Atalanta
20/09 21:30 Deportivo 1-1 Betis
20/09 21:30 Vilyarreal 3-1 Levante
20/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni

Murodjon Ahmadaliyev sobiq jahon chempioniga qarshi jang qilishi mumkin

Murodjon Ahmadaliyev sobiq jahon chempioniga qarshi jang qilishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi raqibi yarim yengil vazn toifasida WBA yo‘nalishining sobiq chempioni, buyuk britaniyalik Nik Boll bo‘lishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, ayni paytda tomonlar o‘rtasida mazkur jang yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Hirn ham bu borada dastlabki muloqotlar boshlanganini tasdiqlagan.

Hozircha ushbu to‘qnashuv rasman tasdiqlanmagan. Shu sababli jangning qachon va qayerda o‘tkazilishi hamda boshqa tafsilotlari ochiqlanmagan.

Ma’lumot o‘rnida, ikkinchi eng yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni hisoblangan Murodjon Ahmadaliyev professional faoliyati davomida 15 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan. 29 yoshli Nik Boll hisobida esa 23 ta g‘alaba, bittadan mag‘lubiyat va durang bor. U o‘zining so‘nggi jangida Brendon Figeroaga imkoniyatni boy berib, WBA kamaridan ayrilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Murodjon Ahmadaliyev so‘nggi bor Toshkentdagi “Humo Arena” majmuasida ringga ko‘tarilgan edi. Ahmadaliyev O‘zbekiston professional boks federasiyasi hamda Lift Promotion kompaniyasi hamkorligida o‘tkazilgan boks oqshomida venesuelalik Egli Moskedani 4-raundda texnik nokautga uchratib, muddatidan avval g‘alaba qozongan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:16, 09.06.2026.
O'qildi: 3521 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик