Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

«Yuventus» Argentina terma jamoasi yulduzini sotib olishga yaqin turibdi

«Yuventus» Argentina terma jamoasi yulduzini sotib olishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

«Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martines faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishi ehtimoli juda yuqori. Mashhur insayder Matteo Morettoning xabar berishicha, Turin klubi 33 yoshli posbon bilan shartnoma shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishishga bir qadam qoldi.

Yaqin kunlarda tomonlar transferning barcha mayda tafsilotlarini hal qilib olish uchun yangi uchrashuv o‘tkazishadi. Tez orada «keksa sinyora» «Aston Villa»ga rasmiy transfer taklifini yuborishi kutilmoqda.

Mish-mishlarga ko‘ra, Emiliano Martinesning «Yuventus» bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallanadi. Futbolchining bozor qiymati Transfermarkt ekspertlari tomonidan 12 million yevroga baholangan.

Kiritildi: 06:38, 10.06.2026.
O'qildi: 513 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик