Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Jiru: «Shartnomani Chempionlar ligasi uchun uzaytirdim»

Jiru: «Shartnomani Chempionlar ligasi uchun uzaytirdim»

Baho:
+ | -

Fransiyalik faxriy futbolchi Olivye Jiru «Lill» bilan shartnomasini uzaytirgani haqida avvalroq xabar bergan edik. Uning bu qarorga kelishidagi asosiy omillardan biri klubning keyingi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etishi bo‘ldi. «Lill» yakunlangan mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazib, ushbu huquqni qo‘lga kiritgan edi.

«Chempionlar ligasi — bu eng yuqori daraja. Shartnomani uzaytirishimda ushbu sabab ham muhim rol o‘ynadi, chunki «Lill» u yerda o‘ynaydi. Men ushbu turnirda jamoaga yana nimadir bera olishimni his qilyapman. Menda motivasiya yuqori», — deya Jiruning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda pianetamilan.it nashri.

Eslatib o‘tamiz, tajribali futbolchi faoliyati davomida Italiyaning «Milan» va Angliyaning «Arsenal» kabi klublari sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 06:46, 10.06.2026.
O'qildi: 401 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик