«Yuventus»ning sobiq hujumchisi Dushan Vlaxovich faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. 26 yoshli futbolchiga «Nyukasl» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, serbiyalik forvard «Nyukasl» rahbariyati bilan o‘tkazilgan so‘nggi muzokaralardan so‘ng, ushbu jamoa safiga o‘tish imkoniyatini jiddiy tarzda ko‘rib chiqmoqda. «Nyukasl» esa kurashga boshqa da’vogarlar qo‘shilguniga qadar ushbu transferni tezroq yakunlashga umid qilmoqda.
E’tiborli jihati shundaki, Dushan Vlaxovich hozirgi vaqtda erkin agent maqomida turibdi. U «Yuventus» bilan shu oyda yakuniga yetadigan shartnomasini uzaytirmadi. Futbolchi Turin klubi sharafini 2022 yilning boshidan buyon himoya qilib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, «Nyukasl» Angliya chempionatining yakunlangan mavsumini 12-o‘rinda yakunlagan.













