Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

«Bornmut» Muxaremovich uchun 35 million yevro to‘lashga tayyor

«Bornmut» Muxaremovich uchun 35 million yevro to‘lashga tayyor

Baho:
+ | -

Bosniya va Gersegovina terma jamoasi himoyachisi Tarik Muxaremovich faoliyatini Angliyaning «Bornmut» klubida davom ettirishi mumkin. APL vakili 23 yoshli futbolchi uchun 35 million yevro taklif qilishga tayyor, deb xabar bermoqda sportsport.ba nashri.

Qayd etilishicha, «Sassuolo» bunday taklifni ko‘rib chiqishga rozi, biroq klub rahbariyati transfer summasini yanada oshirish maqsadida boshqa jamoalar tomonidan bo‘ladigan qiziqishlarni ham kutishni afzal ko‘rmoqda.

Bundan tashqari, futbolchining keyingi sotuvidan tushadigan mablag‘ning bir qismiga egalik qiluvchi «Yuventus» bilan kelishuv ham muhim omil bo‘lib turibdi. Turin klubi transfer summasining qariyb yarmini qo‘lga kiritadi, shu sababli «Sassuolo» kelishuvni iloji boricha maksimal darajada foydali shartlarda amalga oshirishdan manfaatdor.

Agar ushbu transfer amalga oshsa, u «Bornmut» tarixidagi eng qimmat xaridlardan biriga aylanishi mumkin.

Kiritildi: 07:44, 10.06.2026.
O'qildi: 379 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик