Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati–2026 boshlanishi arafasida milliy jamoa haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Avval ham aytganimdek, bu jamoa yarim yo‘lda to‘xtab qolmaydi. Menimcha, biz buni har qanday raqibga qarshi o‘yinlarda isbotladik. Bu har doim yanada ko‘prog‘ini xohlaydigan g‘olib jamoadir. Biz qadamba-qadam olg‘a harakat qilamiz, ammo juda katta ishtiyoq bilan», — dedi Messi.
Argentina terma jamoasi Jahon chempionati–2026ning guruh bosqichida Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, argentinaliklar amaldagi jahon chempionlari hisoblanadi. Ular 2022 yilgi mundialda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edilar.













